TripTour

TripTour franshizasi — o‘z turizm biznesingizni oching

Turizm bozoriga noldan emas, ishlab turgan tizim bilan kiring: tayyor brend, o‘z bron qilish dasturi, hujjatlar, o‘qitish va mijoz oqimi. Biz bu yo‘lni 20 ta ofisda o‘tganmiz — endi siz takrorlaysiz.

20
O‘zbekiston bo‘ylab ochilgan ofis
24/7
koll-markaz ishlaydi
3
tilda sayt: o‘zbek, rus, ingliz
0
dasturchi kerak: tizim tayyor

Hamkor nima oladi

Tayyor bron qilish tizimi

Turlar narxi hamkorlardan JONLI keladi: operator qidiradi, tanlaydi va shu yerning o‘zida band qiladi. Excel ham, telefon orqali narx so‘rash ham kerak emas.

Hujjatlar va shartnoma

Shartnoma raqamini TIZIM beradi, qo‘lda emas — takror va yo‘qolgan raqam bo‘lmaydi. Vaucher, to‘lov cheki va SMS xabarlar avtomatik ketadi.

Pul nazorati

Har bir to‘lov, qarz va foyda bitta joyda ko‘rinadi. Qarzi bor shartnomani yopib bo‘lmaydi, to‘lovni izsiz o‘chirib bo‘lmaydi — bular dasturga qulf qilib qo‘yilgan.

Xodimlarni o‘qitish

Operatorni noldan o‘qitamiz: qidiruvdan tortib mijoz bilan gaplashishgacha. Yangi xodim uchun yo‘l xaritasi va ustoz biriktiriladi.

Mijoz oqimi

Sayt, reklama va ijtimoiy tarmoqlar markazdan yuritiladi. Arizalar eng yaqin ofisga tushadi va operator xabarnoma oladi — ariza «yo‘qolib» ketmaydi.

Brend va bezak

Ofis ko‘rinishi, vitrina, forma, sovg‘alar va reklama materiallari — hammasi bitta uslubda va tayyor holda beriladi.

Qanday boshlanadi

  1. 1
    Ariza va suhbat

    Siz ariza qoldirasiz, biz qo‘ng‘iroq qilamiz. Shahringiz, tajribangiz va rejangiz haqida gaplashamiz.

  2. 2
    Shahar va joy tanlash

    Shaharda bizning ofisimiz bor-yo‘qligini, oqim qayerda ko‘pligini va joy to‘g‘ri kelishini birga qaraymiz.

  3. 3
    Shartnoma va shartlar

    Shartlarni ochiq muhokama qilamiz va shartnoma tuzamiz. Yashirin to‘lov yo‘q: nima uchun to‘layotganingiz qog‘ozda yozilgan bo‘ladi.

  4. 4
    Ochilish va o‘qitish

    Ofisni bezaymiz, tizimga ulaymiz, xodimlarni o‘qitamiz. Birinchi mijozlarni birga kutib olamiz.

Kimga to‘g‘ri keladi

  • Turizmda ishlagan, lekin o‘z ishini ochmoqchi bo‘lgan odamga
  • Viloyatda biznesi bor va yangi yo‘nalish qidirayotgan tadbirkorga
  • Ofis joyi bor, lekin uni nima bilan to‘ldirishni bilmayotganga
  • Turizmni yaxshi ko‘radigan, lekin dasturni noldan qurmoqchi bo‘lmaganga

Shartlar haqida ochiq

To‘lov miqdori va hamkorlik shartlari shaharga, ofis kattaligiga va boshlang‘ich holatga qarab belgilanadi — shuning uchun saytda bitta raqam yozib qo‘yilmagan. Suhbatda hammasini raqam bilan aytamiz: qancha to‘lanadi, nima uchun to‘lanadi va nimalar shu narxga kiradi. Yozilmagan shart bo‘lmaydi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

Turizmda tajribam yo‘q, bo‘ladimi?

Ha. Operatorlarni biz o‘qitamiz va birinchi oylarda yoningizda turamiz. Muhimi — tajriba emas, ishga jiddiy qarash va ofisda doim odam bo‘lishi.

Mening shahrimda ochish mumkinmi?

Buni birga tekshiramiz. Ba‘zi shaharlarda bizning ofisimiz bor va yaqin joyda ikkinchisini ochish ikkalamizga ham zarar. Bo‘sh shaharlar ro‘yxatini suhbatda aytamiz.

Turlarni qayerdan olaman?

Hamkorlar bilan shartnomalar MARKAZDAN tuzilgan va narxlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tizimga tushadi. Siz alohida shartnoma qidirmaysiz — dasturni ochib qidirasiz va band qilasiz.

Reklamani kim qiladi?

Sayt, qidiruv reklamasi va ijtimoiy tarmoqlar markazdan yuritiladi — bitta brend nomidan. Ofis darajasidagi mahalliy reklamani esa birga rejalashtiramiz.

Qancha pul kerak bo‘ladi?

Summa shahar, ofis va boshlang‘ich holatga bog‘liq, shuning uchun uni saytga yozib qo‘yish noto‘g‘ri bo‘lardi. Ariza qoldiring — qo‘ng‘iroqda aynan sizning holatingiz uchun raqamlarni aytamiz.

Gaplashamizmi?

Ariza qoldiring — qo‘ng‘iroq qilamiz, savollaringizga javob beramiz va shartlarni raqamlar bilan aytamiz. Bu majburiyat emas, oddiy suhbat.

+998 78 555 77 88