Sayohat uchun eSIM — chet elda internet

Uchib borgan zahoti internet ishlaydi. Plastik SIM kerak emas, do‘kon qidirish shart emas, roaming hisobi kelmaydi. QR kodni to‘lovdan keyin darhol olasiz.

Avval telefoningizni tekshiring

Hamma telefon eSIM ni qo‘llamaydi. Tekshirish 10 soniya oladi: terish oynasida *#06# ni tering. Ekranda EID degan uzun raqam chiqsa — telefoningiz eSIM ni qo‘llaydi. Chiqmasa — qo‘llamaydi, va bunda plastik SIM kerak bo‘ladi (ofisimizdan olasiz).

Qaysi davlatga borasiz?

Ko‘p so‘raladigan

Qanday ulanadi

  1. 1

    Tarifni tanlab, to‘lovni amalga oshirasiz. QR kod darhol shu sahifada chiqadi va telefon raqamingizga havola keladi.

  2. 2

    QR kodni UYDA, internet bor joyda skanerlang — uchishdan oldin. Chet elda internetsiz uni o‘rnatib bo‘lmaydi.

  3. 3

    iPhone: Sozlamalar → Mobil aloqa → eSIM qo‘shish → QR kodni skanerlash. Android: Sozlamalar → Tarmoq va internet → SIM kartalar → SIM qo‘shish → QR kod.

  4. 4

    Borgan mamlakatingizga yetganingizda eSIM ni yoqasiz va mobil internetni o‘sha eSIM ga o‘tkazasiz. O‘zbekistondagi raqamingiz joyida qoladi — qo‘ng‘iroqlar va SMS unga kelaveradi.

Muhim, oldindan biling

eSIM faqat INTERNET beradi. Unda telefon raqami yo‘q: qo‘ng‘iroq qilish va SMS olish uchun o‘z raqamingiz ishlaydi. Telegram va WhatsApp internet orqali odatdagidek ishlaydi.

Bir marta o‘rnatiladi. QR kodni ikkinchi telefonga qo‘yib bo‘lmaydi — skanerlashdan oldin qaysi telefonga kerakligiga ishonch hosil qiling.

Muddat birinchi ulanishdan boshlanadi, sotib olishdan emas. Ya‘ni oldindan olib qo‘ysangiz ham kunlaringiz yonmaydi.

Telefon «operator qulfida» (SIM-lock) bo‘lsa, eSIM ishlamaydi. Bu O‘zbekistonda sotilgan telefonlarda kam uchraydi, lekin chet eldan kelgan telefonlarda bo‘lishi mumkin.

Oddiy SIM karta ham bor

Telefoningiz eSIM ni qo‘llamasa yoki shunchaki plastik karta qulayroq bo‘lsa — ofislarimizdan olishingiz mumkin. Qaysi davlat uchun kerakligini ayting, operator bor variantlarni aytadi.

Ofislar ro‘yxati