Xush kelibsiz!
Toshkentdan uchamiz
Orzuingizdagi sayohat — bir bosishda
Rasmiy shartnoma · 25 bo‘linma · 24/7 yordam

Toshkentdan qaynoq turlar

Mos tur topmadingizmi?

Operator sizga mos variantni o‘zi tanlab beradi — bepul.

TripTour ilovasiTripTour ilovasiTurlar doim yoningizda: saqlab qo‘ying, narx tushsa ko‘ring.
Chet elda internet — eSIMChet elda internet — eSIMUchib borgan zahoti ishlaydi. Roaming hisobi kelmaydi.

Ko‘p beriladigan savollar

Javobini topmadingizmi? Operator tushuntiradi — bir qo‘ng‘iroq yetadi.

Yuqoridagi qidiruvda yo‘nalishni, sanani va necha kishi ekaningizni tanlang. Ro‘yxat eng arzonidan boshlanadi, narx butun tur uchun — bir kishiga qancha tushishini kartochkada ko‘rasiz. Yo‘nalishni bilmasangiz — «Barcha yo‘nalishlar» qoldiring va narxlarni solishtiring.

Toshkentdan va viloyatlardan chet elga sayohat

Bu sahifadagi narxlar jonli: ular hamkor tizimidan keladi va kun davomida o‘zgaradi. Ko‘rsatilgan summa BUTUN tur uchun — parvoz, mehmonxona tanlangan ovqatlanish bilan, aeroportdan transfer va sug‘urta. Ya’ni «ustiga yana nima qo‘shiladi?» degan savol qolmaydi: viza va ekskursiyadan boshqa hammasi ichida.

Uchish Toshkentdan, ba’zi yo‘nalishlarda esa Farg‘ona, Samarqand va Namangandan ham bo‘ladi — viloyatdan chiqib, poytaxtga yo‘l xarajatisiz. Turni onlayn tanlaysiz, ariza qoldirasiz, qolganini operator qiladi: joyni tekshiradi, shartnoma tayyorlaydi, hujjatlarni beradi va safar davomida aloqada bo‘ladi.

Nega bizga ishonishadi: 25 ta bo‘linma, shundan 20 tasi — kelish mumkin bo‘lgan ofis — hujjatni qo‘lga olib, odam bilan gaplashib rasmiylashtirasiz. To‘lov faqat kassa orqali va chek bilan. Shartnomada yozilgan narx yakuniy — imzolangandan keyin o‘zgarmaydi. Koll-markaz esa kechayu kunduz javob beradi.