
TripTour 2021 yilda bitta ofisdan boshlangan. Bugun O‘zbekiston bo‘ylab 20 dan ortiq filialimiz bor va 60 mingdan ziyod mijoz biz bilan sayohat qilgan. Asoschilarimiz — Mirsalimova Azizaxon va Saydullayeva Malikaxon.
Biz nima qilamiz: turni tanlashdan tortib qaytish kunigacha yoningizda bo‘lamiz. Parvoz, mehmonxona, transfer va sug‘urta — bitta narxda, bitta shartnomada. Har bir mijozning o‘z operatori bor: u sizni ismingiz bilan taniydi, safaringizni oxirigacha kuzatadi.
20+
Filiallar
24/7
Koll-markaz
60000+
Mijozlar
Qanday ishlaymiz
Saytda o‘zingiz tanlaysiz yoki operatorga aytasiz — u byudjet va oila tarkibiga qarab variant topadi.
Shartnomani SMS-kod bilan tasdiqlaysiz. Unda yozilgan narx — yakuniy narx.
Pul faqat kassaga topshiriladi va sizga chek beriladi. Xodimning shaxsiy kartasiga emas.
Hujjatlarni ofisdan olasiz. Parvozdan oldin eslatamiz, safar davomida operatoringiz aloqada.
Bizning tamoyillarimiz
- Hammasi rasmiy. To‘lov faqat shartnoma tuzilgandan keyin qabul qilinadi.
- Narx qat’iy. Shartnomada ko‘rsatilgan narx o‘zgarmaydi.
- To‘lovlar shaffof. Har bir to‘lov tizimda qayd etiladi — siz doim joriy summani ko‘rasiz.
- Tafsilotlarda g‘amxo‘rlik. Har bir TripTour sayohatchisi firmali sovg‘a oladi.
- Doim aloqadamiz. Koll-markazimiz 24/7 ishlaydi — istalgan vaqtda yordam olasiz.
2022
Yilning eng yaxshi turistik kompaniyasi
2023
Sayohatni tashkillashtirish bo‘yicha yetakchi o‘rin
2024
UZfranchiseda yetakchi o‘rin
Xizmatlarimiz
Sayohat turlari
Transport xizmatlari
Turar joy
Viza va hujjatlar
Sayohat sug‘urtasi
Mijozlar fikri
Faqat haqiqiy sayohatchilar — har bir sharh tekshiruvdan o‘tadi
Bu yerda faqat haqiqiy mijozlarning sharhlari chiqadi. Hozircha ular yig‘ilmoqda — biz o‘ylab topilgan sharh yozmaymiz.